Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?
![Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?](http://static.xabar.uz/crop/8/0/720_460_95_807594410.jpg)
Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali ichki ishlar xodimlari qanday holatlarda kuch ishlatishi mumkinligini eslatdi.
Qonunchilikka ko‘ra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u quyidagi hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin:
– jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;
– jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga
yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
– ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.
Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar berishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter