IIB va prokuratura dollarfurushlarni ushlamoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.S. fuqaro A.J.dan 4 200 AQSh dollarini 53,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro Sh.A. fuqaro Z.B.dan 3 700 AQSh dollarini 47,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar I.B. fuqaro M.X.dan 4 000 AQSh dollarini 50,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro X.K. esa fuqaro M.Sh.dan 4 000 AQSh dollarini 50 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 15 mln so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning Quyichirchiq tumani bo‘limi tomonidan “Ibrat” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.M. fuqaro U.B.ga 3 500 AQSh dollarini 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter