Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kezi kelsa, IIB xodimi ham javobgarlikka tortiladi

Kezi kelsa, IIB xodimi ham javobgarlikka tortiladi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini ichki ishlar xodimi yo‘l harakat qoidasini buzganda (xizmat vazifasini o‘tash kabi zarur holat bo‘lmaganda), bunga Toshkent shahar IIBB qanday qarashi qiziqtirmoqda. Sharhlarda bunday hollarda beparvolik qilinishi haqidagi noto‘g‘ri fikrlar uchramoqda, deyiladi poytaxt IIBB matbuot xizmati xabarida.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu masalada qat’iydir: qonun oldida hamma teng, yo‘lda xatolikka yo‘l qo‘yildimi, uning ortidan ma’muriy javobgarlikka (ba’zida intizomiy javobgarlikka) tayyor bo‘lish kerak. Shuningdek, IIOdagi xizmat insondan alohida mas’uliyatni talab qiladi, chunki u atrofdagilarga ibrat bo‘lishi kerak. Ammo real hayot idealdan farq qiladi: xodim ham oddiy inson kabi, o‘zining fe’lidan va hayotidagi holatlardan kelib chiqib belgilangan qoidani buzishi mumkin. Bunday holda YPX inspektorining bayonnomasi va keyinalik ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib boriladi, deyiladi xabarda.

Masalan, 31-oktyabr kuni soat 15.42 da Nodir Temirov ismli foydalanuvchi «Voditeli Tashkenta (DRIVERS.UZ)» guruhida xabar qoldirdi: videoregistratorda qayd qilinishicha, shu kuni ertalab xizmat davlat raqamiga ega «Neksiya-3» rusumli avtomobil Choshtepa ko‘chasidan harakatlanib, oqimdagi transport vositalariga xalal bergan. 

Ushbu harakat bilan Yo‘l harakati qoidalarining 53-bandi, ya’ni «Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak» qoidasi buzilgan. Ushbu ma’lumot bir nechta blogerlar va OAVlar tomonidan ham e’lon qilindi.

Ushbu fakt bo‘yicha ma’lum qilinishicha, «Neksiya-3» rusumli avtomobil (davlat raqami 01 067 VSC) Shayxontoxur tumani ichki ishlar bo‘limiga biriktirilgan. Bunday harakatlanishga sabab (misol uchun, zarur chaqiruv, huquqbuzarlik va hokazo) bo‘lmaganligi aniqlandi. Avtomobilni boshqargan xodimga nisbatan keyingi kun soat 07:50 da O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasiga  muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Haydovchi bilan yo‘llarda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, xuddi shu kabi choralar IIB xodimlari bilan bog‘liq boshqa holatlarga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring