Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimi jahon chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya qildi

IIB xodimi jahon chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya qildi

Foto: «IIV.UZ»

18 va 19-dekabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida sportning sambo turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan sambochilar ishtirok etishdi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, musobaqada 82 kilogramm vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TVBSO xodimi kichik serjant Ro‘ziyev Furqat fahrli 2-o‘rinni egalladi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kichik serjant F.Ro‘ziyevni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi.

Eslatib o‘tamiz, Furqat Ro‘ziyev noyabr oyida Serbiyada kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham fahrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring