Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB aktrisa Luiza Rasulovaning kaltaklanishi voqeasiga izoh berdi

IIBB aktrisa Luiza Rasulovaning kaltaklanishi voqeasiga izoh berdi

Skrinshot/Nova24

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Luiza Rasulovaning kaltaklangani videosi tarqaldi.
 
IIBB xabariga ko‘ra, 9-mart kuni taxminan soat 15.00 larda Chilonzor tumani, Chilonzor-6 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birining uyboshisi 1959-yilda tug‘ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv muassasasi rahbari 1971-yilda tug‘ilgan B.Ch. bilan o‘zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko‘p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo‘yib, ikkinchi qavatda joylashgan o‘quv muassasasiga kelgan o‘quvchilarni kirishiga to‘sqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ni qo‘lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova yerga yiqilgan.
 
L.Rasulova va uning onasiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, A.R.da «ensa sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yoyishi», L.Rasulovada «o‘ng bilak va o‘ng tizza sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi» jarohatlari borligi aniqlangan.
 
Fuqaro B.Ch. profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring