Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB bedarak yo‘qolgan uch kishini qidirmoqda

IIBB bedarak yo‘qolgan uch kishini qidirmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB.

Toshkent shahar IIBB uch kishi qidiruvga berilganini e’lon qildi. Quyida ularning ma’lumotlari keltirilgan. 

1. Salimova Surayyo Mirkarimovna, 1986-yilda tug‘ilgan, 2021 yilning noyabr oyida Uchtepa tumani 24-dahasida joylashgan uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ko‘zi va sochlari qora, yuzining chap tarafida holi bor.
Kiyimlari: pushti rangli sviter, oq shim, qora krossovka.

2. Abduvaitov Dilshod Abdug‘ani o‘g‘li, 1995-yilda tug‘ilgan, joriy yilning 23 yanvar kuni, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ravnaq ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 180-185 sm, o‘rtacha gavdali, sochlari qora.
Kiyimlari: yashil kurtka, jinsi shim, ko‘k rangli krossovka.

3. Nazarbekova Yekaterina Djunosovna, 1984-yilda tug‘ilgan, joriy yilning 11 aprel kuni Mirobod tumani, Qo‘yliq-3 mavzesida joylashgan uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, gavdali, kalta qora sochli, ko‘zlari ko‘k.
Kiyimlari: ko‘k sviter, qora shim va qora rangli oyoq kiyimi (tapochka).

«Hurmatli fuqarolar! Agar Sizda yuqoridagi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring