IIV Andijondagi hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi

Izboskan tumani, Poytug‘ shahrida poyezd relsdan chiqib, zovurga tushib ketgani xabar qilingandi. IIV axborot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2019-yil 12-dekabr kuni soat 11.10 larda Paytug‘ temir yul bekati boshlig‘i A.Usmonovning telefon orqali bergan xabariga ko‘ra, bugun soat 07:30 larda Qozog‘iston Respublikasidan 13 ta yarim ochiq vagonlarda «OOOTA Minirals» MChJ nomiga ko‘mir mahsulotlari keltirilgan.
Paytug‘ temir yo‘l bekatining 7-yo‘liga qo‘yilgan va ko‘mir mahsulotlari tushirib bo‘lingandan keyin vagonlarning g‘ildiraklari tagiga temir yo‘l bashmaklari mahkamlanmaganligi sababli, ushbu yarim ochiq bo‘sh vagonlar past tomonga harakatlanib ketishi natijasida 63080675-sonli yarim ochiq bo‘sh vagon temir yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan va 60745015-sonli yarim ochiq bo‘sh vagonning oldi g‘ildiraklari temir yo‘l izidan chiqib ketgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter