Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Shaxanov Beknazar Xabibnazarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Shaxanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Chimboy tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Utambetov Sabit Abdijamilovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Chimboy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar S.Utambetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mavlonov Umidjon Esonkulovich Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uchta viloyatga Tergov boshqarmasi boshliqlari tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring