Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Departament va DXX «dollarchi»larni «ovlamoqda»

Departament va DXX «dollarchi»larni «ovlamoqda»

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarma tomonidan IIB  xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.I.(muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va boshqalar jami 5 000 AQSh dollarini fuqaro M.A.ga 64,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.O‘. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro X.M.ga 46,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.N. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro S.T.ga 46,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring