Ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat takomillashtiriladi

Hukumat qarori (446-son, 16.07.2025 y.) bilan “2025–2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
Konsepsiyaga ko‘ra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
- xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
- nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
- axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
- ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.
Ushbu ustuvor yo‘nalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:
- ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
- ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;
- xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter