Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijro hokimiyatida 2 141 ta shtat birligi qisqartiriladi

Ijro hokimiyatida 2 141 ta shtat birligi qisqartiriladi

Illyustrativ foto

«Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmondan ko‘zlangan maqsad etib, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish belgilandi.

2025-yil 1-noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni tasdiqlandi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:

  • sohaga oid bo‘lmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini;
  • ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yo‘nalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini;
  • sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyati rivojlantirilishini ta’minlab boradi.

Farmon bilan ijro hokimiyatining 2 141 ta shtat birligi qisqartiriladi. Eng ko‘p qisqartirishlar Soliq qo‘mitasi (486 ta), Suv xo‘jaligi vazirligi (224 ta), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (200) va Bandlik vazirligida (163 ta) yuz beradi.

Bundan tashqari, qo‘mita, agentlik hamda inspeksiyalardagi 16 ta o‘rinbosar shtati tugatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring