Markaziy bank kredit tashkilotlarini insofsiz amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

Markaziy bank davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar fuqarolar roziligisiz qarzdorlikni so‘ndirish uchun yechib olinishini adolatga zid va insofsiz amaliyot sifatida baholamoqda.
Markaziy bank ma’lum qilishicha, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek moliyaviy xizmatlar bozorida adolatlilikni ta’minlash maqsadida kredit tashkilotlari faoliyatida kuzatilayotgan insofsiz amaliyotlar bo‘yicha yana bir misol kredit tashkilotlariga yuborilgan.
Unga ko‘ra, Markaziy bank fuqarolarga davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida egalarining roziligisiz ularning bank kartalaridan yechib olinishini adolat tamoyillariga zid ekanligini qayd etadi va uni insofsiz amaliyot sifatida baholaydi.
Shu sababli, Markaziy bank kredit tashkilotlarini iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarda adolatli bo‘lishga va bunday insofsiz amaliyotlarni to‘xtatishga chaqiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter