Ijtimoiy tarmoqlarda vahima tarqatildi
Ijtimoiy tarmoqlar hamda «Telegram» messenjeridagi kanal va guruhlarda «Tez orada Toshkent maktablarida ommaviy qirg‘in sodir etilishi» haqidagi tahdidnamo xabarlar tarqatilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi orasida vahima, sarosima qo‘zg‘ashga erishishdir. Ayni provokatsiyalar MDH hududi uchun birinchi holat emas. Shunday axboriy hujumlar Rossiya, Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida ham kuzatilgan edi.
Rasmiylar jamoatchilikni xotirjamlikka, yolg‘on ma’lumot tarqatmaslikka chaqirmoqda.
«Agar shu kabi xabarlarga ko‘zingiz tushsa, u holda huquq-tartibot idoralarini xabardor qiling! Fuqarolardan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter