Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi

«Telegram» yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi

Foto: «Life.ru»

«Telegram» messenjeri ko‘pdan beri kutilgan yangilanishlarni chiqardi, endi, masalan, audio va videoxabarlarni ikki baravar tezroq eshitish va ko‘rish mumkin. Bu haqda ilova rasmiy saytiga asoslanib «Life.ru» xabar bergan.

Yangiliklardan biri shuki, endi foydalanuvchilar o‘qilgan va o‘qilmagan chatlarni belgilay olishadi. Yana bir yangi funksiya esa jo‘natilgan foto va videolarni tahir qilish imkonini beradi. Formatlash menyusida esa xabar matniga «havola qo‘shish» yorlig‘i paydo bo‘ldi.

«Android»lar uchun hali yetkazilmagan xabarlarni o‘chirish va xabarlar prevyusini (oldindan ko‘rish) ochish funksiyasi kiritildi: buning uchun umumiy ro‘yxatdagi foydalanuvchi avatari barmoq bosib turiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring