Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ikki bolani qasddan o‘ldirgan homilador ayol qo‘lga olindi

Andijonda ikki bolani qasddan o‘ldirgan homilador ayol qo‘lga olindi

Illyustrativ foto.

Andijonda 2 nafar voyaga yetmagan bola qotillik alomatlari bilan topilganligi haqida xabar berilgandi.

Jinoyatni fosh qilishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida mazkur jinoyat 1995-yilda tug‘ilgan, Izboskan tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir etilganligi qayd qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Aniqlanishicha, ushbu ayolning nomida bo‘lgan uyda 2022-yil aprel oyidan buyon qarindoshi (xolavachchasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (o‘g‘li 10 yosh, qizi 7 yosh) va buvisi bilan yashab kelishgan.

Ayol ko‘rsatuvida, xolavachchasi sabab oilasi buzilib ketganligi uchun yuklarini o‘z uyiga olib kelmoqchi bo‘lganida, xolavachchasi bunga qarshilik qilganligi, unga uyni bo‘shatib qo‘yish haqida qo‘ygan talabini ham rad qilib kelayotganligini bildirgan.

Shunda ayol xolavachchasidan qasd olish maqsadida uni uyda yo‘qligidan foydalanib hamda buvisi ko‘z ko‘rish va qulog‘i eshitish qobiliyati pastligini bilgan holda 16-iyun kuni uyga kelib, xolavachchasining 2 nafar farzandini qasddan o‘ldirib, jasadlarini uyni ayvon qismidagi polni tagidagi yerto‘laga yashirgan.

Hozirda gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu gumondor ayol IIB tomonidan qidiruvga berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring