Ikki dona lolani uzgan shaxs 1,7 mln so‘mga tushdi
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, reyd davomida Ohangaron tumani Chetsuv MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 2 dona tog‘ lolasini uzib tabiatga zarar yetkazganligi aniqlangan.
«Ushbu holat uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llanildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter