Ikki oyda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 47,3 trln. so‘mga yetdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 47,3 trln. so‘mga yetdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8,8 trln. so‘mga oshgan.
Xuddi shu davr oralig‘ida O‘zbekistonda 66,7 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 107,4 foizga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter