Ikki oyda O‘zbekistonga xorijdan olib kelingan mashinalar qiymati ma’lum qilindi

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 17,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘tgan 2 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Rossiya – 9,1 mln.
- Xitoy – 1,8 mln.
- Qozog‘iston – 1,7 mln.
- Yaponiya – 1,2 mln.
- Germaniya – 1,1 mln.
- AQSh – 1,0 mln.
- Litva – 935,7 ming
- Koreya – 203,2 ming
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2020-yilda xorijdan 475,1 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter