Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikki qiz bedarak yo‘qoldi

Toshkentda ikki qiz bedarak yo‘qoldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB poytaxtda yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan qizning bedarak yo‘qolgani haqida xabar tarqatdi. 

Boshqarma matbuot xizmati xabar berishicha, 2005-yilda tug‘ilgan Anvarova Farangiz Xayrullo qizi 24-yanvar kuni, soat taxminan 15:40da  Chilonzor hududida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: Bo‘yi 155-160 sm, bug‘doyrang, sochlari uzun, jigarrang tusda.

Yo‘qolgan kunda qizning egnida qora rangli kalta kurtka, oq vodolazka, qora yubka, qora tufli bo‘lgan.

Oradan bir kun o‘tib, 24-yanvar kuni Toshkentning Sergeli tumanida 2003-yilda tug‘ilgan Mannapova Diana Andreyevna uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: Bo‘yi 160-165 sm, oq-sariqdan kelgan, o‘rta gavda tuzilishli, sochlari uzun, jigarrang tusda, ko‘zlari yashil.

Yo‘qolgan kunda uning egnida to‘q sariq rangdagi kurtka, oq kofta, to‘q-ko‘k yubka va qora yengil etik bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB ushbu qizlarni qidirishda yordam so‘rab, ularni ko‘rgan yoki boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini iltimos qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring