Ikki xonadondan mayning qurilmalari chiqdi
Mirzo Ulug‘bek va Qibray tumanlarida 2 ta xonadon mayning qurilmalarini o‘rnatganligi aniqlandi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi vakillari hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan:
Qibray tumani, «Baytqo‘rg‘on» MFY hududida yashovchi fuqaro S.M. o‘z xonadonida 3 dona mayning qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 579,4 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi;
Mirzo Ulug‘bek tumani, Alisherobod hududida yashovchi fuqaro F.R. o‘z xonadonida 4 dona mayning qurilmasini elektr ta’minoti korxonasi «Elektrhisob» DK ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 365,2 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter