Ikki yil bepul: Yaponiyada 27-martdan aholiga 5G xizmatlarini ko‘rsatish boshlanadi

Yaponiyada 2020-yilning mart oyi oxiridan beshinchi avlod aloqa tarmog‘idan foydalanishga o‘tiladi, deyiladi «Argumenti.ru» xabarida
«Softbank» mobil aloqa operatori xabarida yapon fuqarolari 2020-yilning 27-martidan 5G ga ulanishlari mumkinligi aytiladi. Xizmatning afzalligi juda yuqori tezligi — 25 Gb/soniya.
«Softbank» mobil aloqa operatori ko‘proq mijoz to‘plash uchun imtiyozlar taqdim etmoqda. Buning uchun kompaniyaga ariza yozish kerak. Kimda-kim 30 avgustgacha ariza topshirishga ulgursa, ikki yil 5G xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. «Ekonomika segodnya» yozishicha, standart abonetlik to‘lovi oyiga — 1000 yena (90 ming so‘m atrofida).
Yangi avlod (5G) aloqa tarmog‘i xizmatlarini Yaponiyada «Softbank» birinchi bo‘lib ishga tushirmoqda. Uning ortidan boshqa kompaniyalar — «NTT DoCoMo», «KDDI» va «Rakuten» ham o‘z xizmatlarini taklif etishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter