Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi hayotini yashayotgan daraxt

Ikkinchi hayotini yashayotgan daraxt

foto: https://streetartutopia.com/

Gollandiyaning sokin Ruurlo qishlog‘ida ko‘p asrlik kashtan daraxti qurishni boshladi. Qishloq ahli qurigan daraxtning xosiyati bo‘lmaydi deb kesib tashlash haqida o‘ylashdi. Ammo duradgor Rene Bruns unga ikkinchi hayotni hadya qildi – aholi foydalanishi mumkin bo‘lgan kutubxonaga aylantirdi. U daraxt tanasida kichik bo‘lmachalar yasadi, suvga chidamli shisha eshikchalar qo‘ydi va ularni apelsin rangiga bo‘yadi. Renening bu loyihasi uchun uch oy vaqt ketdi. Va nihoyat daraxt kutubxonasi ochildi. Qo‘shnilar uylaridagi bolalar va kattalar uchun turli kitoblarni, qo‘llanmalarni kutubxonaga sovg‘a qilishdi. Ayni paytda ushbu ochiq osmon ostidagi kutubxona qishloq ahli uchun sevimli maskanga aylangan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring