Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun yangi medal ta’sis etildi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun yangi  medal ta’sis etildi

«Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etildi

Yubiley medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – “1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mukofotlanadi.

Medal bilan urush qatnashchilariga tenglashtirilganganlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari, shu jumladan, “1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring