Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln so‘mdan tarqatiladi – Prezident farmoni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln so‘mdan tarqatiladi – Prezident farmoni

9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Ushbu pul mukofotiga doir sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Farmon bilan, shuningdek, tegishli idoralarga pul mukofotini tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirish vazifasi qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring