Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita qonun bittaga birlashtiriladi

Ikkita qonun bittaga birlashtiriladi

Foto: Xabar.uz

QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Loyiha Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va ikkita: 14.05.2014 yildagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida» O‘RQ-371-son va 29.09.2010 yildagi «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida» O‘RQ-263-son amaldagi qonunlarni bir butunga birlashtiradi.

Loyihada asosiy tushunchalar  kengaytirildi, xususan quyidagi tushunchalar qo‘shildi:

  • iqtisodiy zo‘rlik;
  • ijtimoiy vaziyati og‘ir bo‘lgan shaxs;
  • ijtimoiy profilaktika;
  • oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik;
  • profilaktik suhbat;
  • ruhiy zo‘rlik;
  • qo‘riqlanuvchi shaxslar;
  • huquqbuzarlik sabablari;
  • huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar;
  • himoya orderi va boshqalar.

Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining vazifalari, tamoyillari va turlarini bayon etadi, ushbu jarayonni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi har bir organning vakolatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.

Idoralararo komissiyalarning huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishdagi roliga alohida bob bag‘ishlangan. Qonun loyihasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish reglamentlanadi, bu sohada faoliyatni tashkil etish jarayonining barcha jihatlari bayon etiladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring