Ilon Mask birinchi trillioner bo‘lishi mumkin

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask o‘z boyligini 1 trln dollardan ko‘proqqa oshirishi mumkin — kompaniya unga tarixdagi eng qimmat bitimni taklif qildi. Maskning hozirgi boyligi $428 mlrdga baholanmoqda, yangi aksiyalar va bonuslar evaziga uning boyligiga yana taxminan $900 mlrd qo‘shishi mumkin.
Tesla direktorlar kengashi Maskni kamida 2030-yilgacha bosh direktor lavozimida ushlab turishni rejalashtirgan. Misli ko‘rilmagan miqdordagi boylikni olish uchun u kompaniyaning bir qator ulkan maqsadlarini amalga oshirishi kerak. Jumladan, 10 yil ichida kompaniya kapital qiymatini 1,1 dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirish, 2035-yilgacha 20 millionta elektromobil sotish, bir milliontadan robotaksi va Optimus robotlarini ishlab chiqarish.
«Ilon Maskni ushlab turish va rag‘batlantirish Tesla uchun juda muhim», — dedi kompaniya direktorlar kengashi raisi Robin Denholm.
Noyabr oyida aksiyadorlar bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan ushbu kelishuv uchun ovoz berishadi — investorlarning bir qismi uni amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter