Ilon Mask bitta so‘rovnoma tufayli 50 milliard dollar yo‘qotdi
Tesla asoschisi Ilon Mask Twitter foydalanuvchilaridan korxonaning 10 foizini sotish kerakmi, degan so‘rovnomadan so‘ng Amazon egasi Jeff Bezos ajrashganida yo‘qotganidan ko‘ra ko‘proq pul yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qilmoqda.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask Tesla aksiyalari narxi tushib ketishi oqibatida, ikki kun ichida taxminan 50 milliard dollar yo‘qotgan. Jeff rafiqasi Makkenzi bilan ajrashganidan keyin 36 milliard dollar yo‘qotgandi.
Bloomberg ta’kidlashicha, Mask dunyodagi eng boy odam bo‘lib qolgan, biroq u bilan Bezos o‘rtasidagi farq 83 milliard dollargacha qisqargan.
Tesla aksiyalarini sotish bo‘yicha so‘rov dushanba kuni yakunlangan. Ko‘pchilik (57,9 foiz) kompaniya ta’sischisiga tegishli aksiyalarning o‘ndan bir qismini sotish uchun ovoz bergan.
Ovoz berishda jami 3 519 252 foydalanuvchi ishtirok etgan, so‘rovnoma o‘rin olgan tvitga 115 ming layk, 36,5 ming repost va 48,8 ming izoh bildirilgan.
Mask odamlar aytgani kabi yo‘l tutishini bildirib, o‘z kompaniyalarida maosh olmasligini va uning uchun aksiyalarni sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li ekanini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter