Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask odamlarni chiplashtirish qachon boshlanishini ma’lum qildi

Ilon Mask odamlarni chiplashtirish qachon boshlanishini ma’lum qildi

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, uning kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Neuralink chipi shu yildan insonlarda sinab ko‘rilishi mumkin. 

Kompaniya yaqin davrdan beri simsiz chiplar ishlab chiqarmoqda, uning yordamida odamlar ma’lum bir kompyuterni boshqarish uchun o‘z aqllaridan foydalanishlari mumkin.

Birinchi ishchi prototip Gertruda ismli cho‘chqada sinovdan o‘tkazilgan edi. Maymun ustida sinovlar o‘tkazilgandan so‘ng, ushbu chipni odamlarga o‘rnatishni boshlash rejalashtirilgan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘p odamlar sog‘ligidagi muammolarini hal qilish uchun hozirdan klinik sinovlarda qatnashishga rozi bo‘lishgan.

Ilon Mask kompaniyasi tomonidan chipni odamlar uchun imkon qadar xavfsizroq qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini qo‘shimcha qilgan. Bir muncha vaqt oldin kompaniya rahbari simsiz chipni eksperimental maymunning bosh suyagiga zamonaviy video o‘yinlarni o‘ynashi uchun joylashtira olganini aytib o‘tgan edi.

Ammo chipning bunday imkoniyatlari asosiy maqsadga kichik bir qo‘shimcha bo‘ladi xolos.  Dastlab, chiplar baxtsiz hodisalar yoki ba’zi bir jiddiy kasalliklarga duchor bo‘lgan odamlarda orqa miyaning shikastlanishlarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring