Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya poytaxti toshqinlar girdobida qoldi (foto)

Indoneziya poytaxti toshqinlar girdobida qoldi (foto)

10 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Indoneziyaning poytaxti Jakartada kuchli yomg‘irlar tufayli toshqin yuzaga keldi. Bu haqda Channel News Asia xabar qildi.

«Yomg‘ir to‘xtadi, ammo Jakartaga hali ham boshqa hududlardan suv oqimi kelmoqda. Yaxshiyamki, bu shahar markaziga zarar yetkazmaydi va suv pasayganda odamlar o‘z ishlariga qaytishlari mumkin», dedi Jakarta gubernatori Anis Basvedan.

Indoneziya poytaxtining 1300 nafardan ortiq aholisi tinimsiz yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan toshqin tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida bir nechta daryo qirg‘og‘idan chiqib, kvartallarni suv bosgan bosgan. Jakartaning ba’zi hududida suv sathi ikki metrdan oshib ketgan.

Aholi evakuatsiya qilinmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mussonlar keltirib chiqargan yomg‘irlar mamlakatda bir necha kun yog‘adi. Yavada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan. Yo‘llar suv bosgani tufayli yordam ko‘rsatish qiyinlashmoqda.

Sinoptiklar mussonli yomg‘irlar kelasi hafta qaytishi, kuchli momaqaldiroq va shamol bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring