Indoneziyada ota-ona farzandiga «Xiaomi» deb ism qo‘ydi

«Indoneziyada ota-ona qiziga «Xiaomi» deb ism qo‘ydi. Tarmoqda Syaomi Fradella Naufalin ismi bilan berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma surati e’lon qilindi», — deb yozmoqda «Korrespondent.net».
Guvohnoma 2017-yilning avgustida berilgan. Unda qizaloq ota-onasi Fredi Yan va Delimaning birinchi farzandi ekani aytilgan.
Hujjat surati «Xiaomi» kompaniyasi vitse-prezidentining «Weibo» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter