Infografika. Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolar tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli yoqilg‘i mahsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib boradi.
Bu esa o‘z navbatida yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari talablari buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qolish ehtimolining oshishiga olib kelishi mumkin.
Misol uchun, siz dam olayotgan yoki tunab qolgan xonada yig‘ilgan is gazi miqdori atigi 0,1 foizni tashkil etgan taqdirda, unday havodan 30 daqiqa davomida nafas olish insonni o‘limga olib kelishi mumkin.
Is gazidan zaharlanmaslik uchun:
— isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo‘rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing;
— nosoz, nostandart, qo‘lbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishga aslo yo‘l qo‘ymang;
— bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang;
— tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli gaz so‘rg‘ichlardan foydalanmang;
— chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning.
Agar xonaga tabiiy gazning to‘lganini sezib qolsangiz:
— gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog‘idan o‘chiring;
— darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;
— xonada elektr jihozlarini yoqmang, yoniq bo‘lsa, o‘chirmang, chunki bu yong‘in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lishi mumkin;
— agar gaz chiqayotgan joyni o‘zingiz aniqlay olmasangiz, 104 telefoni orqali shahar va tuman gazlashtirish idoralari avariya ta’mirlash guruhlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter