Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Informatika o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirildi

Informatika o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirildi

Avvalroq Toshkent shahar maktablarining 30 nafar o‘qituvchisiga tegishli sertifikat, boshqalarga nisbatan eng faol o‘qituvchiga noutbuk mukofoti topshirilgani xabar qilingandi.

Mukofot birgina Toshkent shahrida emas, balki respublika bo‘yicha faol o‘qituvchilarga taqdim etilishi maqsad qilib qo‘yilgani qayd etilgandi.

Farg‘ona

Xalq ta’limi vazirligining ushbu ezgu loyihasida BePro-Education Center ham ishirok etib, respublika bo‘yicha jami 430 nafar, Farg‘ona viloyatida 50 nafar informatika o‘qituvchilarining axborot texnologiyalar va dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirildi.

— Ta’til davrida bir oy muddat Farg‘ona shahridagi tayanch maktabimizda bilimlarimizni mustahkamladik, — dedi biz bilan suhbatda Furqat tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Mashhuraxon Qo‘ziyeva. — O‘quvda Python(basic)da yaxshiroq ishlashni va shu tilni ancha chuqur o‘rganib oldik. Ay-Ti borasidagi iqtidor, salohiyatni o‘stirishning kechi yo‘qligiga ishonch hosil qildim. Mana, sertifikatlarni qabul qilib oldik. Bu shunday hujjatki, u bizga quvonch baxsh etibgina qolmay, balki, buyuk dasturchilar yetishtiring, degan mas’uliyat yuklayapti.

Sertifikatlarni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sherzodjon Dolimov hamda BePro-Education Centerning Farg‘onadagi vakili Mahbubaxon Umarova topshirdi.

Buxoro

Buxoro shahridagi informatika va axborot texnologiyalari faniga ixtisoslashgan 7-tayanch maktabida viloyatdagi bir qator umumta’lim maktablari informatika fani o‘qituvchilari uchun «VePro» o‘quv markazi mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 3 oy davomida tashkil etilgan va malakali mutaxassis Shohjaxon Yodgorov tomonidan olib borilgan Python dasturlash tili bo‘yicha o‘quv kursining Diango bosqichi mashg‘ulotlari davomida informatika fani o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari borasidagi bilim , malaka va tajribasini yanada oshirish imkoniyati yaratildi. Pedagog-tinglovchilar onlayn tarzidagi test sinovlarini ham muvaffaqiyatli topshirdilar.

Kuni kecha viloyat markazidagi 7-tayanch maktabida o‘quv kurslarining faol ishtirokchilariga tegishli sertifikatlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

Sirdaryo

Sirdaryo viloyatining har bir hududlardan saralab olingan 22 nafar nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari «Python» dasturlash tilini o‘rgandi va taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring