Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universiteti masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘ydi. Ma’ruzalar TAS-IX zonasiga joylashtiriladi

Inha universiteti masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘ydi. Ma’ruzalar TAS-IX zonasiga joylashtiriladi

Foto: Inha

Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun TAS-IX zonasidagi video ma’ruzalarni istalgan vaqtda yozuv shaklida tomosha qilish imkoniyatini beradigan yangi platforma sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar qilmoqda.

Universitet mutaxassislari qisqa vaqt ichida masofadan ta’lim berish platformasini - IUT-DES «IUT Distance Education System»ni yaratdilar. Bunday tizim o‘qituvchilarga masofadan turib ta’lim berish imkoniyatini beradi: tayyorlangan video ma’ruzalar va taqdimotlarni talabalar o‘zlari istagan qulay vaqtda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

«Platformani ishlab chiqish jarayonida biz viloyatlarda istiqomat qilivchi talabalarda har doim ham Internet tezligi yuqori emasligini hisobga olganmiz. Shu sababli biz darslarni onlayn olib borish ma’qul emas, deb qaror qildik. Biz ularni videoyozuvlar shaklida yuklaymiz. Shuningdek, universitet ma’lumot markazining imkoniyatlaridan foydalangan holda biz tizimni TAS-IX zonasiga joylashtirdik, unga ko‘plab provayderlar bepul kirish imkoniyatiga ega. Tizimga kirish uchun har bir talaba shaxsiy login va paroli orqali ro‘yxatdan o‘tadi», - dedi Toshkent shahridagi Inha universiteti Axborot- Kompyuting Markazi (AKM) rahbari Kanat Sembiyev.

Universitet auditoriyalaridan birida video ma’ruzalarni yozish uchun maxsus studiya jihozlangan.

«O‘tgan hafta barcha test ishlari olib borildi. 21 martdan boshlab Universitet o‘qituvchilari veb-saytga kerakli tarkibni yuklay boshladilar. Shuningdek, mutaxassislar tizimga hududlardan, xususan Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan kirish imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Hammasi barqaror ishlamoqda. Jarayon davomida biz platformaning ishlashini ham kuzatib boramiz», dedi AKM rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 17 martdan boshlab Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b rektori Muzaffar Jalalovning buyrug‘i bilan 80 foiz Universitet hodimlari masofadan turib ish jarayonini bajarishmoqda va ayrimlari mehnat ta’tiliga chiqarilgan. Ta’kidlanishicha, universitet o‘qituvchilarining 30 foizini tashkil etuvchi xorijiy o‘qituvchi-professorlar O‘zbekiston hududini tark etmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring