Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Inomarka»larni Piskentda sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatildi

«Inomarka»larni Piskentda sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatildi

2025-yil 2-sentyabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi.

Bu haqda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, mazkur tartib kuchga kirgan payt, ya’ni 2024-yilning 1-noyabr holatiga mamlakatda faqatgina 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritgan va ular atiga 15 ta avtomodel uchun turini ma’qullash hujjatini olgan, xolos. O‘z navbatida, tahlil natijalari respublikaga texnik reglamentga muvofiq transport turi ma’qullanmagan yengil avtomobillarning import qilinganini ko‘rsatgan.

Shu sababli Piskent sinov majmuasida avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq sinovlardan o‘tkazilgan.

Hozirgi kunda esa, 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari o‘z faoliyatini boshlagan va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirilgan.

«Buning natijasida, iste’molchilarga sifati va xavfsizligi ta’minlangan, hamda kafolatlangan avtotransport vositalarini yetkazib berish tizimi takomillashtirildi. Natijada iste’molchilarga rasmiy dilerlardan turli rusumdagi avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Shu munosabat bilan, respublikamizda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshganligi hamda iste’molchilarning rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti joriy etilganligini inobatga olib, 2025-yil 2-sentyabrdan avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi», – deyiladi Agentlik axborotida.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring