Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson sun’iy intellektni mag‘lubiyatga uchratdi

Inson sun’iy intellektni mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: Arstechnica.com

Tokioda o‘tkazilgan koding-battlda inson neyrotarmoqning «kuragini yerga tekkizdi».

Dasturchilar va maxsus o‘qitilgan OpenAI modeli o‘rtasidagi koding-marafon 10 soat davom etdi. Raqiblar teng sharoitda kurashdi: bir xil qurilma, bir xil til va dedlayn.

Odamlar orasida birgina polshalik dasturchi Prjemislav Dembyak (Psyho) OpenAI modelini ortda qoldirdi. Dembyak topshiriqlarni sun’iy intellektga qaraganda 9,5 foiz yaxshiroq bajardi.

Sem Altman (OpenAI rahbari) shaxsan mag‘lubiyatni qabul qilib, g‘olibni tabrikladi.

Polshalikka berilgan mukofot puli — 500 ming iyena (taxminan 3,5 ming dollar)...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring