Dunyoni yadro urushidan saqlab qolgan inson
Sovuq urush yillarida raketalarni aniqlovchi tizimlarning ba’zida noto‘g‘ri ishlab ketishi yadro urushiga olib kelishiga oz qolgan. Masalan, 1979-yili AQSh mudofaa vazirligida trevoga ko‘tarildi: kompyuter kengaytirilgan yadroviy raketalari zarbasi haqida xabar berdi. Ammo yo‘ldoshlar hech qanaqangi uchirilgan raketalarni aniqlay olmadi.
1983-yili esa sobiq ittifoqning yo‘ldoshli aniqlash tizimi bir nechta amerika raketasi parvozga ko‘tarilganini xabar berdi. Signal pulti yonidagi Stanislav Petrovning xotirjamligi va butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib bu xabarni «tepa»ga yetkazmagani ish berdi. Chunki u AQShning hujum qilishiga ishonmagandi.
BMT 2006-yili Petrovni «insoniyatni yadro urushidan saqlab qolgan inson» sifatida mukofotladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter