Insonning eng xatarli dushmani
Afsonaviy mashhur futbolchi Armando Diyego Maradona o‘zining yomon odatlaridan qutulganidan so‘ng og‘ir ruhiy tushkunlikka tushib qoladi.
U ma’lum muddat ruhiy bemorlar shifoxonasida yotishga majbur bo‘ladi. Futbolchi keyinchalik o‘sha davrni uzoq vaqt eslab yurdi. U shunday degan edi:
“Ruhiy shifoxonada turli toifadagi bemorlar bor edi. Kimdir: «Men Ernesto Che Gevaraman», – derdi va hamma uni hurmat qilardi. Yana biri: «Men Gandiman», – derdi va bu bemorga ham ishonishardi. Men ham tilga kirdim. O‘zimni tanishtirdim. Ammo «Men Maradonaman», – deganimda barcha ustimdan kuldi. «Maradona bo‘lish hech kimning ko‘lidan kelmaydi», – deyishdi.
O‘sha daqiqada o‘zimdan uyalib ketdim. Chunki o‘zimga qanchalik zulm qilayotganimni to‘liq anglab yetgan edim.
Insonning eng xatarli dushmani, bu – kibr. U bizni “men hech qachon yiqilmayman” deb ishontiradi va eng og‘ir musibatlarga yo‘l ochadi.
Ehtiyot bo‘ling, barg-yaproqlar o‘zini oltin deb o‘ylagan paytda yerga tushadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter