Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va Ch.R. fuqaro X.B.ni tanishlari yordamida Nukus davlat pedogogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 750 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring