Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Intellektual mulkni muhofaza qiluvchi portal ishga tushiriladi

Intellektual mulkni muhofaza qiluvchi portal ishga tushiriladi

Illyustrativ foto

«Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026–2027-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

  • mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;
  • intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.

Adliya vazirligining «Sanoat mulki muhofazasi» va «IP Protection» axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi «Intellektual mulk muhofazasi» portali ishga tushiriladi:

  • intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;
  • intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish.
  • kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring