Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka krediti uchun subsidiya berish boshlanadi

Ipoteka krediti uchun subsidiya berish boshlanadi

Joriy yilning 1 mayidan YIDXP (my.gov.uz)da yana «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati  yoqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi «2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-51-son Farmoniga muvofiq, 2023 yil uchun yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi:

  • Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugaganidan so‘ng qayta ariza berilishi mumkin;
  • Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1 dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.

Xizmatdan my.gov.uz portali orqali masofadan foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring