Eronlik mutaxassis «Koronavirus pandemiyasi necha yil davom etadi?» degan savolga javob berdi

Koronavirus pandemiyasi yana ikki-uch yil davom etishi mumkin, deya ma’lum qildi Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Sima Sadat Lari.
«Oldingi pandemiya tajribasini inobatga oladigan bo‘lsak, yangi COVID-19 pandemiyasi yana ikki-uch yil davom etadi», — dedi mutaxassis.
Bugun, ya’ni 28-iyun kuni federal va mahalliy hokimiyatlar, shuningdek, OAV va boshqa ochiq manbalardagi ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanuvchi Jons Xopkins universitetining xabariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 yuqtirganlar soni o‘n million kishidan oshib ketdi, qariyb 500 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, butun epidemiya davomida 5,1 million kishi tuzaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter