Iroq elchisi: «Kurdiston mustaqilligi haqidagi gap o‘tmishda qolgan»

Iroqning Rossiyadagi elchisi Haydar Mansur Hodiyning ma’lum qilishicha, Iroq Kurdistoni mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tmishda qoldi. Arbildagi hukumat esa Bag‘dodga to‘liq muvofiqlashtirilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
«Referundum o‘tmishda qoldi. Bu muammoni Bag‘dodda ham, Arbilda ham unutdilar. Ushbu mintaqada aeroportlarning yopilishi vaqtinchalik chora edi. Shukurki, biz hozir to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz», — degan diplomat.
Ma’lumki, 2017-yilning 25-sentyabr kuni Iroq Kurdistoni avtonom hukumati referendum o‘tkazib, unda 93 foiz aholi mustaqillik uchun ovoz bergan edi. Ammo rasmiy Bag‘dod bu referundumni tan olmagan.
Referendumdan so‘ng Iroq hukumati kurd avtonomiyasiga bir qator cheklovlar joriy etgandi. Ulardan biri — mazkur mintaqadagi xalqaro parvozlar taqiqlandi. Bundan tashqari, chegaradan o‘tish va bank operatsiyalari cheklab qo‘yildi. Xalqaro parvozlarga taqiq mart oyida olib tashlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter