Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Irrigatsiya»ga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

«Irrigatsiya»ga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda fuqaro A.U. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSh dollari evaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, shundan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring