Ish haftasi oxirigacha issiq bo‘ladi — O‘zgidromet
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 8-12 iyul kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Ertaga havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha 35-39 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha bo‘ladi. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida 8-12 iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
8-9 iyulda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vilotlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda bugun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.
9-12 iyul kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter