Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ish yuzasidan yoniga borsam, meni haqoratladi...» (video)

«Ish yuzasidan yoniga borsam, meni haqoratladi...» (video)

Foto: Skrinshot

Joriy yilning 3-may kuni «Sirdaryo Xabarlari»da «Ish yuzasidan yoniga borsam, meni haqoratladi» — Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari o‘rtasida o‘zaro janjal sodir bo‘libdi, sarlavhali videoxabar joylangandi.

Shundan so‘ng, kuni kecha 4-may kuni Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmatining rasmiy munosabati e’lon qilindi.

Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati uni to‘laligicha tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi:

YouTube kanalida 2021-yil 3-mayda berilgan va qator ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.G‘oibnazarov o‘z xonasida o‘tirganda shifoxona oshpazi yordamchisi M.Noriyeva kelgan. Ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Natijada M.Noriyeva o‘z qo‘l telefonining kamerasiga bo‘lib o‘tgan voqealarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga yuborgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifoxona kasaba uyushmasi, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Mirzaobod tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Tafsilotlar to‘liq o‘rganib bo‘lingach qo‘shimcha rasmiy javob berilishi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring