Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IShID rahbari o‘ldirildi – Reuters

IShID rahbari o‘ldirildi – Reuters

«Islomiy davlat» (IShID) o‘z yetakchisi Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Radikallar yetakchisi janglar paytida vafot etgan. Biroq uning jasadi qayerda  ekanligi aniqlanmagan. IShID o‘zining yangi rahbari etib Abu al-Husayn al-Husayniy al-Qurayshni tanladi.

Abu al-Hasan al-Hoshimiy 2019-yilda o‘ldirilgan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning ukasi edi.

Avvalroq, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) Suriya shimolida o‘tkazgan aksilterror operatsiyasi davomida «Islomiy davlat»ning 11 nafar jangarisini qo‘lga olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring