Ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan avtomobillarda Qamchiq dovoni orqali yuk tashish taqiqlandi
![Ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan avtomobillarda Qamchiq dovoni orqali yuk tashish taqiqlandi](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_2907903921.jpg)
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berishicha, hukumatning Qamchiq dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillarda Qamchiq dovoni orqali yuk tashish taqiqlandi.
Bungacha hukumatning 2012-yil 10-iyuldagi qaroriga asosan foydalanish muddati 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yuk avtotransport vositalari uchun Qamchiq dovoni orqali yuklarni tashish 2016-yil 1-iyuldan boshlab man etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter