Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishtixon, Jomboy va Qoraqalpog‘istondagi "qing‘ir ishlar" oshkor bo‘ldi

Ishtixon, Jomboy va Qoraqalpog‘istondagi

Foto: Prokuratura departamenti.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “M.S.” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Yu. (muqaddam sudlangan) suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YaTT “M.M.” savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 97,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.X. “Namuna” MFY hududidagi xonadonida nonvoyxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 82,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring