Isitish mavsumida ayrim toifa oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi

2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida ayrim toifa oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Jumladan:
- Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
- «mahalla yettiligi» xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda «mahalla yettiligi» tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:
- boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
- a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;
- nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
- uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.
Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter