Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iskandariyada portlash sodir bo‘ldi

Iskandariyada portlash sodir bo‘ldi

Foto: AP / Eman Helal

«24-mart kuni Misrning Iskandariya shahri markazida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va ikki kishi yaralandi», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti» agentligi Misr sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga asoslanib.

«Youm7» nashrining xabar berishicha, portlash Iskandariya shahri markazidagi Muaskar Rumaniy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Oldinroq Misr ichki ishlar vazirligi mamlakatda taqiqlangan «Musulmon birodarlar» partiyasi tarafdorlarining bir guruhi saylov arafasida portlash sodir etishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar tarqatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26—28-mart kunlari Misrda prezident saylovining birinchi turi bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovda amaldagi prezident Abdulfattoh Sisiy yetakchi nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Uning yagona raqibi esa hech kimga ma’lum bo‘lmagan «Erta» partiyasi rahbari Muso Mustafo Musodir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring